
Xabaringiz bor, ayni damda Rossiyaning Sochi shahrida birinchi xalqaro bokschilar forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda jahon boks tarixida ilk marotaba o‘tkazilayotgan ushbu forumda130 dan ortiq davlatdan dunyoning yetakchi boks tashkilotlari – xalqaro Olimpiya boks assotsiatsiyasi (AIBA), WBA, WBO, WBC va IBF professional boks tashkilotlari rahbarlari, Olimpiya o‘yinlari g‘oliblari, jahon chempionlari, promouter va menedjerlar hamda boks bo‘yicha murabbiylar ishtirok etmoqda.
O‘zbekistondan esa ushbu xalqaro forumda Olimpiya o‘yinlari g‘oliblari Hasanboy Do‘smatov, Shahobiddin Zoirov va Muhammadqodir Abdullayev ham qatnashmoqda. Forum davomida sportchilarimiz ham rossiyalik bokchilarga master klass o‘tib berdi va ular bilan tajribalarini o‘rtoqlashdi, deya xabar beradi O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar