Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax MOQ prezidenti Umid Ahmadjonovning taklifiga ko‘ra, poytaxt Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi, deb yozadi Uzreport.
Qishki Olimpiadaning ochilish marosimida ishtirok etish uchun Pxyonchxanda bo‘lib turgan Ahmadjonov XOQ prezidenti bilan ko‘rishdi. Uchrashuv davomida tomonlar yangi bosqichga ko‘tarilayotgan O‘zbekistondagi olimpiya harakatini rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashish borasida kelishib oldi.
Tomas Baxning Toshkentga tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad — MOQ va XOQ o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ladi. Bungacha Bax 2015 yil O‘zbekistonga kelgan bo‘lib, mamlakat sporti haqida tasavvurga ega bo‘lgandi.
Biroq o‘tgan ikki yil davomida O‘zbekiston sportida katta o‘zgarishlar boshlandi. Xususan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda sportni tubdan isloh qilish masalasini kun tartibiga qo‘ydi. Orada O‘zbekiston futbol federatsiyasi va Milliy olimpiya qo‘mitasida rahbariyat almashdi.
Umid Ahmadjonov MOQ prezidenti etib saylangach, Tomas Bax birinchilardan bo‘lib tabrik maktubi yo‘llagandi. Endi martabali mehmonda yangi bosqichga chiqayotgan O‘zbekiston sporti borasidagi tasavvurlarni yanada boyitish uchun amaliy imkoniyat bo‘ladi.
MOQ faoliyati ham O‘FA singari zamonaviy talablar asosida tashkil etiladi. Ayni vaqtda futbol mutaxassislari, hakamlari va murabbiylari Ispaniya, Angliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Qatar kabi rivojlangan mamlakatlarda ish tajribasini o‘rganayotgan bo‘lsa, kelgusida qolgan sport turlari mutaxassislarining faoliyatiga ko‘maklashish maqsadida, ular ham ish o‘rganish uchun rivojlangan xorij mamlakatlariga yuboriladi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»