“Persepolis” – “Nasaf” uchrashuvi yakunida, uchrashuv yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘ldi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Sa’dullayevich ishtirok etdi va jurnalistlarning qiziqtirgan savollariga javob berdi.
- Avvalo “Persepolis” jamoasini bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun guruhimizdagi kuchli raqib bilan kuch sinashdik. Kuchli raqib bilan bo‘lgan uchrashuvlarda diqqatni yo‘qotish og‘ir oqibatlarga olib keladi. Biz birinchi golni o‘tkazgan vaziyatda ana shunday diqqatimizni yo‘qotdik. Aslida futboldagi birinchi gol katta ahamiyatga ega. Biz deyarli yangi tarkib bilan o‘ynayapmiz, shuningdek tarkibimizda yosh futbolchilar ham ko‘p. Bu futbolchilarimizda bugun hayajon ham ko‘p bo‘ldi.
“Persepolis” kuchli jamoa, tarkibida kuchli futbolchilar to‘p tepishadi. O‘ylaymanki ular bu yilgi OChLda ham uzoqroq borishadi.
Bizda hali milliy chempionatimiz boshlangani yo‘q. Biz endi yangi mavsumdagi ikkinchi rasmiy uchrashuvni o‘tkazdik. O‘yin amaliyoti kamligi ham bugungi mag‘lubiyatimizga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
“Persepolis” klubida ajoyib hujumchilar bor, bunday hujumchilarga qarshi o‘ynaganda juda ehtiyot bo‘lish kerak. Bu futbolchilar bugungi uchrashuvda ham o‘zlarini ko‘rsatishdi, - dedi Berdiyev. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»