20:38 / 15.02.2018
2 652

«PSJ» prezidenti: Natija adolatsiz! Hakam «Real»ga yordam berdi

«PSJ» prezidenti: Natija adolatsiz! Hakam «Real»ga yordam berdi
«PSJ» prezidenti Nossir al Halayfi «Real»ga (1:3) qarshi kechgan o‘yindagi hakamlikdan norozi bo‘ldi.

«Natija adolatsiz. Ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik, bizda golli vaziyatlar ko‘proq bo‘ldi, ammo xatoga yo‘l qo‘ydik.

Mbappe bilan bo‘lgan holatda ofsayd yo‘q edi. Hakamning xatolari bizga qimmatga tushdi. Hakam «Real»ga yordam berdi.

Endi javob o‘yini haqida o‘ylashimiz kerak. Biz uyimizda o‘ynaymiz, o‘z stadionimiz va muxlislarimiz qarshisida harakat qilamiz, o‘ylashimcha keyingi bosqichga yo‘l ola bilamiz. Chorak finalga chiqish uchun bor imkoniyatni ishga solamiz. «Real»ga qiyin bo‘ladi», – deydi al Halayfi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «PSJ» prezidenti: Natija adolatsiz! Hakam «Real»ga yordam berdi