16:02 / 15.02.2018
4 801

Rasman! O‘zbekiston milliy terma jamoasiga vaqtinchalik murabbiy tayinlandi

Rasman! O‘zbekiston milliy terma jamoasiga vaqtinchalik murabbiy tayinlandi
Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston milliy terma jamoasiga xorijdan kuchli murabbiy olib kelish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.
Hozircha bu borada og‘zaki kelishuvga erishilgan bo‘lib, tez orada rasmiy shartnoma imzolanadi va O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqaradigan mutaxassis nomi e’lon qilinadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning mart oyida Afrikaning ikkita kuchli terma jamoasi, JCh-2018 ishtirokchilari Senegal va Marokash terma jamoalari bilan safarda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishini yaxshi bilasiz.

Mana shu o‘yinlarga futbolchilarni saralab olish, ularni tayyorlash va olib borish va murabbiylar shtabini shakllantirish uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Temur Kapadze vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Tez orada Temur Kapadze terma jamoaning kengaytirilgan tarkibini O‘FAga taqdim etadi.

Temur Kapadze faoliyatini Farg‘onaning “Neftchi” jamoasida boshlagan. Keyinchalik “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Inchxon” (Janubiy Koreya), “Sharja” (BAA), “Aktobe” (Qozog‘iston), “Lokomotiv” (Toshkent) klublarida to‘p surgan.

Temur Kapadze o‘tgan mavsumning oxirida futbolchilik faoliyati bilan xayrlashgan bo‘lib, u O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 119 ta o‘yin o‘tkazgan futbolchi hisoblanadi.

Manba: the-uff.com

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman! O‘zbekiston milliy terma jamoasiga vaqtinchalik murabbiy tayinlandi