O‘zbekiston milliy terma jamoasiga vaqtincha bosh murabbiy etib Timur Kapadze tayinlangach, «Daryo» nashri O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan bog‘lanib, bu borada fikr olishga harakat qildi.
Timur Kapadze milliy terma jamoa uchun katta mehnat qilgan futbolchi. U 2015 yilgi Osiyo Kubogidan so‘ng terma bilan rasman xayrlashib, bor e’tiborini murabbiylikdagi bilimlarini boyitishga qaratdi. Shu bilan birga, futbolchilik faoliyatini ham davom ettirdi. Nima demoqchiman, Kapadze milliy terma jamoaning o‘zagi bo‘lgan futbolchilarni ham, yangi yetishib chiqayotgan iqtidorlarni ham bevosita yaxshi biladi, ularning imkoniyatlarini chamalay oladi. Endi esa o‘zining futbolchilikdagi tajribasidan kelib chiqib, yetakchi figuralar bilan murabbiy sifatida til topishishga, qolaversa, o‘zi maydonda kurashgan yosh iqtidor egalari uchun terma eshiklarini ochishga harakat qiladi. Chunki u ayni vaqtda maydonda ter to‘kadigan futbolchilarning imkoniyatlari, muammolari va ichki kechinmalarini hammadan yaxshiroq biladi.
Umid Ahmadjonov, O‘FA birinchi vitse-prezidenti
Timur Kapadze murabbiylik faoliyatiga katta tajribaga ega emas. U mustaqil ravishda faoliyat olib ham bormagan. Shunga qaramay, O‘FA rahbariyati aynan unga ishonch bildirishga qaror qildi.
Ha, bu katta mas’uliyat, katta maktab. Umid qilamizki, Kapadze bu ishonchni oqlash uchun bor kuchini berib ishlaydi. Biz esa xorijlik murabbiylar bilan davom etayotgan muzokaralarni yakuniy bosqichga olib chiqib, tez orada termaga tajribali mutaxassisni olib kelishga harakat qilamiz. Niyatimiz faqatgina termaning natijalarini yaxshilash emas, balki o‘sha murabbiy fonida o‘zimizning mahalliy mutaxassislarimizga ham tajriba ulashish, ularning bilimlaridan foydalanib qolish. Bunda futbolni yaqindagina tugatgan va katta murabbiy bo‘lish istagida tahsil olayotgan Timur Kapadze kabi futbolchilar yaxshi nomzod bo‘lishi mumkin. Mana shularni inobatga olib, assotsiatsiya rahbariyati, Ijroqo‘m a’zolari va futbol mutaxassislari bilan kelishib, shunday qarorga keldik.
Tajribaga kelsak, har qanday mutaxassis ham ishni «0» dan boshlagan. Tajriba va bilim yillar davomida shakllanib boradi. Biz Kapadzening oldiga Osiyo chempioni bo‘lish yoki terma jamoani Jahon Chempionatiga olib chiqish vazifasini qo‘yayotganimiz yo‘q. U o‘rtada ko‘prik vazifasini o‘taydi. Futbolchilarni kuzatib boradi, ular bilan muloqotda bo‘ladi, o‘rtoqlik o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘radi va rejalar tuzadi. Marhamat, atrofiga o‘zi bilgan, ishongan va suyangan murabbiylar shtabini olib kelishi mumkin, barcha sharoitni yaratib beramiz. Muhimi, biz kutayotgan mutaxassis O‘zbekistonga kelganida, Kapadzening o‘zi barcha ishni tushuntiradi, unga birinchi ma’lumotlarni o‘zi beradi.

Umid Ahmadjonov,
O‘FA birinchi vitse-prezidenti
O‘FA birinchi vitse-prezidenti
Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘FA rahbariyati xorijiy mutaxassis bilan barcha masalani pishitib qo‘ygan. Ish rasmiy bosqichga ko‘chishi uchun esa vaqt kerak bo‘ladi. Ayni vaqtda O‘FA shuning ustida ish olib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin