Fransiyaning “PSJ” klubi kecha o‘z maydonida “Strasbur”ni qabul qilib (5:2) hisobida g‘alaba qozondi.
Gap shundaki, “Park de Prens” stadionida o‘yinni tomosha qilish uchun tashrif buyurgan mahalliy muxlislardan biri o‘yin vaqtida Madridning “Real” klubi sha’niga qarshi so‘zlar yozilgan bannerni baralla ko‘targan. Bu haqda “Qalampir” nashri xabar berdi.
Bannerda “Puta Madrid” (Yo‘qol Madrid) yozuvi aks ettirilgan. Muxlis bannerni deyarli butun o‘yin davomida stadionning ko‘zga yaqqol ko‘rinib turadigan markaziy tribunalaridan birida ko‘tarib turgan.
Fransiya futbol federatsiyasi mazkur holat bo‘yicha hozircha rasmiy axborot bermadi, agar ushbu holat bo‘yicha ish ochiladigan bo‘lsa, Parij jamoasining uy stadioniga muxlislar kirishi mavsum yakuniga qadar ta’qiqlanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Real” “PSJ” bilan YeChL musobaqasining nimchorak finalida to‘qnash keladi.
Madridliklar birinchi o‘yinda 3:1 hisobida g‘alaba qozonishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi