Avval xabar berib o‘tganimizdek, ertaga, 20 fevral kuni Qarshining “Markaziy” stadionida mahalliy “Nasaf” jamoasi Osiyo chempionlari ligasi musobaqasining ikkinchi turida BAAning “Al Vasl” klubini qabul qiladi.
Musobaqaning avvalgi mavsumlarida “Nasaf” BAA vakillari bilan uch bor to‘qnash kelgan va “Al-Jazira”, “Al-Ahli” hamda “Al-Ayn” klublarga qarshi o‘yinlarda hozircha g‘alaba qozonmasdan kelmoqda.
Bugun, 19 fevral kuni o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirok etib, o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.
Rodolfa Arrauabarrena, “Al-Vasl” bosh murabbiyi:
“Xabaringiz bor, ertaga maydonga tushadigan ikkala jamoa ham birinchi turda mag‘lubiyatga uchrashgan, demak bu gal ikkala jamoa ham g‘alaba uchun kurashishi aniq. Shundan kelib chiqib, bizni og‘ir bahs kutib turganini tushunib turibmiz.
Shunday bo‘lsa ham ortga uch ochko bilan qaytishni maqsad qilganmiz. Raqiblarimizning o‘tgan turdagi o‘yinini kuzatdik va tahlil qildik.
“Nasaf” “Persepolis”ga yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrashga loyiq emasdi, xatoliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ham “Nasaf” yengildi.
Bundan biz ham xulosa chiqardik va ertaga mezbonlarni o‘sha xatolarini takrorlashiga va buning uchun ularni jazolashga harakat qilamiz. Bizning “Al-Sadd”ga qarshi mag‘lubiyatimizga kelsak, o‘yinni chiroyli boshlagandik, biroq.
Yashirmayman, Qarshiga to‘liq tarkibda kela olmadik. Tarkib borasida o‘yindan oldin gapirishni yoqtirmayman, barchasiga ertaga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz.
Maqsadga kelsak, oldindan biror narsa deyish qiyin. Jamoamiz uzoq yillik tanaffusdan keyin OChLga qaytdi.
Futbolchilarimiz OChLda o‘ynash borasida katta tajribaga ega emas, ko‘pchilik uchun joriy mavsum debyut sanaladi. Shunga qaramay yuqori maqsadni ko‘zlagan holda o‘ynaymiz.
Ro‘ziqul Berdiyev, “Nasaf” bosh murabbiyi:
- Ertaga ikki mag‘lubiyatga uchragan jamoa maydonga tushadi. Ikkala jamoani ham faqat g‘alaba qoniqtiradi.
O‘ylaymanki, ertaga qiziqarli o‘yin bo‘ladi. Biz bu o‘yinga futbolchilarimizni yaxshi tayyorladik. Biz uchun uch ochko juda muhim, shu maqsadda ertaga maydonga tushamiz.
O‘tgan o‘yinda yo‘l qo‘ygan xatolarimizni chuqur tahlil qildik. Bu borada futbolchilarimizga tegishli ko‘rsatmalar ham berdik.
O‘ylaymanki, bu xatolar boshqa takrorlanmaydi. O‘tgan o‘yinda bizda o‘yin tizginini qo‘lga oladigan yetakchi yetishmadi. To‘pni nazorat qilishda ham oqsadik. Bundan kerakli xulosalarni chiqardik.
Raqibimizni yaxshi o‘rganib chiqdik. “Al Vasl”da ham boshqa raqiblarimizdek o‘yin amaliyoti kuchli, chunki ularda ham ichki chempionat eng qizg‘in pallada.
Ularning keyingi to‘rtta o‘yinini o‘rganib chiqdik. Jamoaning oldingi chizig‘ida o‘ynaydigan uchta o‘yinchi juda xavfli. Bunga qarshi o‘yinchilarimizni tayyorladik.
Biz yangi futbol mavsumida uchinchi rasmiy o‘yin o‘tkazish arafasidamiz. Bizda o‘yin amaliyoti yetishmasligi bahona bo‘la olmaydi. Jahongir Aliyevni hozirgi holati, bizga yordam berishga tayyor. Ammo uning o‘yinga tushish yoki tushmasligi ertaga aniq bo‘ladi”, dedi “Nasaf” ustozi.
Ma’lumot o‘rnida, “Nasaf” – “Al-Vasl” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.
Uchrashuvga chiptalar “Markaziy” stadioni kassalarida 17 fevral kunidan beri sotilmoqda. Eng qimmat chipta narxi 35000 so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, eng arzon chipta uchun 7000 so‘m to‘lash kifoya. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi