19:02 / 23.02.2018
3 465

Toshkent shahar futbol federatsiyasi maktablar o‘rtasida liga tashkil qiladi

Toshkent shahar futbol federatsiyasi maktablar o‘rtasida liga tashkil qiladi
Toshkent shahar futbol federatsiyasi birinchilardan bo‘lib xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida uy-safar tizimida o‘tkazilinadigan chempionat loyihasini ishlab chiqdi.

O‘FA xabariga ko‘ra, 2018 yilning yangi o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahridagi 11 tuman terma jamoalari uy safar tizimidan foydalangan holda o‘z chempionatlarida ishtirok etadilar.

Ommaviy futbolni sifatini oshirish uchun, har bir tuman terma jamoasiga, o‘sha tumanda faoliyat olib borayotgan BO‘SM biriktirib qo‘yiladi. Tuman terma jamoalari, hududlarda sifatli terma jamoalar tuzilishini ta’minlash uchun Sport vazirligi tasarrufidagi BO‘SMlar bilan hamkorlikda yangi o‘quv yili oldidan futbol sir asrorlarini o‘rganadilar.

4 sinf o‘quvchilari tuman sharafini chempionlik poygasida himoya qilsalar, 1-3 sinf tarbiyalanuvchilari ochkosiz tizimda ishtirok etadilar.

Yangi o‘quv yilidan e’tiboran boshlang‘ich tizim tarbiyalanuvchilariga, shanba dam olish kuni deb e’lon qilinganidan unumli foydalangan holda tur o‘yinlarini aynan shu kunga belgilandi. Shunda biron bir klubda faoliyat olib borayotgan yosh futbolchilar ham yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi shahar chempionatida qiyinchiliksiz qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Toshkent shahar futbol federatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan loyiha boshqa viloyatlarda ham qo‘llanilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Toshkent shahar futbol federatsiyasi maktablar o‘rtasida liga tashkil qiladi