Bugun — 23 fevral kuni Yevropa Ligasining 1/8 final bosqichiga yo‘l olgan futbol klublari o‘zining navbatdagi raqibini bilib oladi.
Kuni kecha barcha juftliklar 1/16 final bosqichidagi ishtiroklarini yakunladilar. Musobaqaning nimchorak finaliga yo‘l olgan jamoalar bilan tanishing:
SSKA, “Lokomotiv”, “Zenit” (barchasi – Rossiya), “Latsio”, “Milan”, (ikisi – Italiya), “Atletiko”, “Atletik” (ikkisi – Ispaniya), “RB Leypsig”, “Borussiya” D (ikkisi – Germaniya), “Lion”, “Marsel” (ikkisi – Fransiya), “Arsenal” (Angliya), “Sporting” (Portugaliya), “Dinamo” K (Ukraina), “Red Bull” (Avstriya), “Viktoriya” (Chexiya).
Qur’a tashlash marosimi bizning vaqt bilan 17:00da boshlanadi. Ushbu marosimni Futbol TV telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.
1/8 final bosqichining ilk o‘yinlari 8 mart kuni o‘tkazilsa, javob bahslari 15 mart kuniga belgilangan.
Ma’lumot o‘rnida, siyosiy kelishmovchiliklar tufayli Rossiya va Ukraina jamoalaridan iborat juftlik hosil qilinmaydi. Ya’ni keyingi bosqich masalasini hal qilgan Kiyevning “Dinamo”si SSKA, “Lokomotiv” va “Zenit” klublari bilan o‘ynamaydi.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi