
Parijning “PSJ” klubi hujumchisi Neymar YECHLning 1/8 finalidan o‘rin olgan “Real”ga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Qalampir nashri xabar berdi.
26 yoshli futbolchi kecha Fransiya chempionatining 27-tur doirasidan o‘rin olgan “Marsel”ga qarshi uchrashuv (3:0) da jarohat olgandi.
Neymar oyoqlarini qayrib olib, maydonni zambilda tark etgan. Futbolchida to‘pig‘ jarohati kuzatilishi va mavsumning qolgan qismini ham o‘tkazib yuborish xavfi bor edi.
Biroq, Neymarda unchalik jiddiy jarohat aniqlanmagan.

Endilikda hujumchi 3 haftani aniq o‘tkazib yuboradi va “Real”ga qarshi 7 mart kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinda ishtirok etmaydi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” – “PSJ” jamoalarining birinchi qarshilig madridliklarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar