00:02 / 28.02.2018
3 281

Yelmurat Tasmuradovga Osiyoda teng keladigani topilmadi

Yelmurat Tasmuradovga Osiyoda teng keladigani topilmadi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Riodagi Olimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan kurashchimiz - Yelmurat Tasmuradov bugun Bishkek shahrida ham o‘zining nimalarga qodir ekanligini isbotladi.

Biroz avval, hamyurtimiz bahslarda finalga chiqqani haqida xabar qilgandik. Yaqindagina uning Osiyo chempionatidagi final jangi yakunlandi. Hamyurtimiz hal qiluvchi final jangida qirg‘izistonlik Urmat Amatovni 8:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, ushbu chempionlik Tasmuradov uchun Osiyo chempionatidagi to‘rtinchi oltin medaldir. Yelmurat bungacha Nyu-Deli (2013), Astana (2014) hamda Doha (2015) shaharlarida o‘tkazilgan Osiyo chempionatlarida oltin medallarni qo‘lga kiritgan. 2012 yilda Kumida o‘tgan qit’a birinchiligida esa u kumush medal bilan kifoyalangandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yelmurat Tasmuradovga Osiyoda teng keladigani topilmadi