
Superliga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib borilishi haqida avval xabar berib o‘tgandik.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, bu kabi test-sinovlari o‘zbek futbolida ilk marta amalga oshirilayotgan bo‘lib, futbolchilarning jismoniy holati O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan shaxsan nazorat qilib borilmoqda.
Belgilangan reja asosida yangi mavsum oldidan Superliga klublari futbolchilari ikkinchi marta normativlarni topshirishdi. Ta’kidlash joizki, 292 futbolchidan 16 nafari testlardan o‘ta olmadi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Klublarda natijalari qoniqarsiz chiqqan futbolchilarga qaytadan test-sinovlari topshirmagunlaricha litsenziyalar berilmaydi va ular vaqtinchalik Superliga bahslarida ishtirok eta olishmaydi.
Qaytadan o‘tkaziladigan test-sinovlari sanasi PFL tomonidan alohida e’lon qilinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar