28 fevral kuni Farg‘onaning “Neftchi” klubi yangi mavsum oldidan o‘z safiga qo‘shib olgan futbolchilarni keng jamoatchilikka rasman tanishtirdi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Tanishtiruv marosimi Qirgulidagi “Neftchi” madaniyat saroyida o‘tkazildi. Unda “Neftchi” PFK rahbariyati, viloyat futbol federatsiyasi vakillari, murabbiylar, futbolchilar, jurnalistlar va klub muxlislari ishtirok etishdi.
Tadbirda “Neftchi” tarkibiga kelib qo‘shilgan Vitaliy Mirniy (darvozabon, “Gornyak-sport” Ukraina), Farruh Turdaliyev (darvozabon, “Sementchi” Quvasoy), Davron Mamatov (himoyachi, “Sementchi” Quvasoy), Shukurali Po‘latov (himoyachi, “Qizilqum” Navoiy), Avaz Agaliyev (himoyachi, “Mash’al” Muborak), Jalil Kimsanov (himoyachi, “Qo‘qon-1912” Qo‘qon), Iskandar Shaykulov (himoyachi, “Mash’al” Muborak), Elyor Mamasoliyev (yarimhimoyachi, “Sementchi” Quvasoy), Abbosbek Maxstaliyev (yarimhimoyachi, “Navbahor” Namangan), Sunnatillo Ermatov (yarimhimoyachi, “Sementchi” Quvasoy), Otabek Axmadjonov (yarimhimoyachi, “Sementchi” Quvasoy), Abdul Aziz Yusupov (hujumchi, “Sementchi” Quvasoy), Murodbek Bobojonov (hujumchi, “Lokomotiv” Toshkent), Anvar Berdiyev (hujumchi “Andijon” Andijon) va Vyacheslav Sushkinga (hujumchi, “Sparta” Gretsiya) klub futbolkalari topshirildi.
“Neftchi” bosh murabbiyi Sergey Kovshov joriy mavsumda jamoa chempionlik uchun kurashmoqchi ekanini ta’kidladi.
“Bu yil katta ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Farg‘ona viloyati «Hokim Kubogi”da g‘olib bo‘lganimizdan so‘ng, Toshkent shahrida yig‘in o‘tkazdik.
“Neftchi”ning maqsadlari har doim yuqori bo‘lib kelgan. Biz yana avvalgi mavqemizni tiklash uchun, davrani kengroq olmoqdamiz. Oltinchi yoki yettinchi o‘rinlarni egallash ko‘p hollarda uchraydi. Lekin birinchi o‘rinni egallash har kimga ham nasib qilmaydi. Biz ham birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz» - dedi Kovshov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Afg‘oniston shimolidagi Bag‘lon viloyatida suv toshqinlari oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”