“Paxtakor” bir yo‘la 9 nafar futbolchisi bilan xayrlashdi

“Paxtakor” bir yo‘la 9 nafar futbolchisi bilan xayrlashdi
Paxtakor”ning 10 nafar futbolchisi faoliyatini ijara asosida Superliga klublarida davom ettirishadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Qiziq tomoni, ijaraga berilgan futbolchilarning oltitasi “Metallurg”da faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.

Manbaga ko‘ra, jamoa Botirali Ergashev (“Navbahor”), Akbar Ismatullayev, Suxrob Nurullayev, Abbos Otaxonov, Saidjamol Davlatjonov, Javohir Sohibov, Zabihillo O‘rinboyev (barchasi — “Metallurg”), Andrey Sidorov (“Qizilqum”), Husniddin G‘ofurov (“Neftchi”), Behruz Sa’dillayev (“Navbahor”).

Oldinroq, klub isroillik futbolchi Gidi Kanyukni keyinchalik sotish sharti bilan Tel-Avivning “Makkabi” klubiga ijaraga berilgandi.

Bundan tashqari jamoa 9 nafar futbolchi bilan shartnomalar uzaytirilmasligiga kelishib olindi. Bular Oybek Nurmatov, Dilmurod Qodirov, Temur Tolipov, Davron Hoshimov, Sarvar Sattorov, Sherzod Karimov, Jamshid Boltaboyev, Ibrohim Abdullayev.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar