Avstraliyalik suzuvchi Jorj Korons 99 yoshida 50 metr masofaga suzish musobaqasida rekord o‘rnatdi.
100-104 yoshlilar guruhida ishtirok etgan qariya masofani 56,12 sekundda suzib o‘tdi, deb xabar beradi BBC.
Jorj 2018 yil aprel oyida 100 yoshga to‘ladi. U musobaqada yolg‘iz o‘zi ishtirok etdi va 2014 yilda o‘rnatilgan, 1 daqiqa 31 soniyaga teng bo‘lgan avvalgi rekordni yangilashga muvaffaq bo‘ldi.
Musobaqadan so‘ng, Korons erishgan natijasidan mamnun ekanini aytdi. Shuningdek, uni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.
Sportchi yoshligida professional suzuvchi bo‘lganini, biroq, Ikkinchi jahon urushi boshlangach, bu ishini tashlab qo‘yganini, faqat 80 yoshga kirganida yana basseynga qaytganini aytdi.
Endi Jorj 3 mart kuni 100 metrga suzish bo‘yicha musobaqada ishtirok etadi. U 3 daqiqa 23 soniyaga teng bo‘lgan rekordni yangilashga jiddiy bel bog‘lagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?