
Ispaniya chempionati 27-turidan o‘rin olgan bahslar davom etmoqda.
Turning markaziy uchrashuvi Kataloniyadagi “Kamp-Nou” stadionida bo‘lib o‘tdi va unda “Barselona” “Atletiko”ni qabul qilib, 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvning 26-daqiqasida “Atletiko” futbolchilari jarima maydonchasi atrofida o‘yin Lionel Messiga nisbatan o‘yin qoidasini buzishdi va jabrlanuvchi Leoning o‘zi mazkur nuqtadan superzarba yo‘llab hisobni ochdi.
Uchrashuvda har ikki tomon yana bittadan gol kiritishdi, ammo bu gollar ofsayd sabab inobatga olinmadi. Shu tariqa kataloniyaliklar eng yaqin ta’qibchilaridan yana uch ochkoga ilgarilab ketdi.
LA-LIGA. 27-TUR
BARSЕLONA – ATLЕTIKO 1:0 (1:0)
4 mart, “Kamp Nou”
Gol: 1:0 – 26 Messi.
Barselona: ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Koutino (Paulino, 84), Serdji Roberto, Buskets, Rakitich, Inyesta (Andre Gomesh, 36), Messi, Suares.
Atletiko: Oblak, Ximenes, Filipe Luis (Lyuka Ernandes, 75), Vrsalko (Korrea, 59), Godin, Saul, Gabi (Gameyro, 66), Parti, Koke, Grizmann, Diyego Kosta.
Ogohlantirishlar: Messi (30), Vrsalko (31), Ximenes (57), Rakitich (69).
Manba: stadion.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar