
“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola hozirgi jamoasi haqida gapirib o‘tdi va 2008 yildan 2012 yilgacha faoliyat yuritgan “Barselona” darajasiga yetmaganini tan oldi.
“Biz hali «Barselona” darajasiga yetganimiz yo‘q, chunki ular Yevropada so‘nggi 15-20 yil ustunlik qildi. Biz jamoa bilan endi bitta sovrinni qo‘lga kiritdik. “Barselona” darajasiga yetishimiz uchun biz uzoq muddat yuqori pog‘onada bo‘lishimiz lozim», - deydi Gvardiola.
“Manchester Siti” YECHL 1/8 final “Bazel” jamoasiga qarshi javob o‘yinini 7 mart kuni Manchester shahrida o‘tkazadi. Ilk o‘yin Angliya jamoasining 0:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topgan edi.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar