18:36 / 08.03.2018
4 022

Senegal termasi bilan to‘qnashuvga 15 kun qoldi

Senegal termasi bilan to‘qnashuvga 15 kun qoldi
23 mart kuni futbol bo‘yicha Senegal va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘zaro maydonga chiqadi. Uchrashuvga Kasablanka shahri mezbonlik qiladi.

FIFA kunlaridan unumli foydalanishni istayotgan bu mamlakatlar 27 mart kuniga ham o‘yinlar kelishib qo‘ygan. Jumladan, o‘zbekistonliklar shu kuni mundialning boshqa bir ishtirokchisi Marokashga qarshi saf tortsa, Senegal Bosniya bilan bellashib ko‘radi.


“Championat.asia” Afrika nashrlariga asoslanib, Senegal milliy termasining mazkur o‘yinlarga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Bosh murabbiy Aliu Sisse yig‘inga deyarli barcha asosiy futbolchilarini jalb qilgan. Faqatgina vitse-sardor Kara Mbodji tarkibdan tushib qolgan.

Senegal termasiga chaqirilgan futbolchilarning 11 nafari Angliya klublarida to‘p suradi, yana 9 nafari esa Fransiya chempionatida ishtirok etadi. Quyida O‘zbekiston milliy termasiga qarshi maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar nomi keltirilgan.

Darvozabonlar
Abdulaye Diallo — “Renn”, Fransiya
Alfred Gomis — SPAL, Italiya
Xadim NDiaye — “Xoroya”, Gvineya
Pape Seydu NDiaye — “ASK Diaraf”, Senegal

Himoyachilar
Kalidu Kulibali — “Napoli”, Italiya
Pape Ndiaye Suare — “Kristal Pelas”, Angliya
Arman Traore — “Nottingem Forest”, Angliya
Yussuf Sabali — “Bordo”, Fransiya
Fallou Diane — “Mes”, Fransiya
Papi Jilaboji — “Dijon”, Fransiya
Salif Sane — “Gannover-96”, Germaniya
Lamin Gassama — “Alanyaspor”, Turkiya
Mussa Vaguye — “Eupen”, Belgiya

Yarim himoyachilar
Idrissa Gana Guyeye — “Everton”, Angliya
Sheyku Kuyate — “Vest Hem”, Angliya
Anri Saive — “Nyukasl”, Angliya
Badu Ndiaye — “Stok Siti”, Angliya
Sheyk Ndoye — “Birmingem Siti”, Angliya
Alfred Ndiaye — “Vulverhempton”, Angliya
Assane Diousse — “Sent-Etyen”, Fransiya

Hujumchilar
Sadio Mane — “Liverpul”, Angliya
Umar Niyasse — “Everton”, Angliya
Mame Biram Diuf — “Stok Siti”, Angliya
Mbaye Niang — “Torino”, Italiya
Keyta Balde — “Monako”, Fransiya
Santi Ngom — “Nant”, Fransiya
Ismaila Sarr — “Renn”, Fransiya
Diafra Sako — “Renn”, Fransiya
Mussa Konate — “Amen”, Fransiya
Mussa Sou — “Bursaspor”, Turkiya

Senegal termasi Rossiyadagi Jahon Chempionatida Polsha, Kolumbiya va Yaponiya bilan bir guruhdan joy olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Senegal termasi bilan to‘qnashuvga 15 kun qoldi