21:22 / 10.03.2018
4 577

Branko Ivankovich: “Menga O‘zbekistondan taklif tushgandi, lekin rad qildim”

Бранко Иванкович: "Менга Ўзбекистондан таклиф тушганди, лекин рад қилдим"
Eronning “Persepolis” klubida faoliyat olib borayotgan xorvatiyalik mutaxassis Branko Ivankovich o‘ziga O‘zbekiston milliy termasidan taklif bo‘lgani haqida aytib berdi. Bu haqda fors nashrlariga asoslanib “Championat.asia” nashri ma’lumot berdi.

Hozir O‘zbekiston terma jamoasida bosh murabbiy yo‘qligini bilaman. Mamlakat futbol federatsiyasi menga taklif bilan chiqqandi. Lekin uni rad etdim. Chunki bor e’tiborimni “Persepolis” ishtirokidagi o‘yinlarga qaratganman.

Branko Ivankovich, “Persepolis” bosh murabbiyi


Ayni vaqtda Tehron klubi Eron chempionatida ta’qibchilarini katta farq bilan ortda qoldirib, peshqadam bo‘lib turibdi. Uning chempion bo‘lishiga hech kim shubha qilmaydi. Mazkur klub Chempionlar Ligasining bu mavsumida “Nasaf” bilan bir guruhdan joy olgan. Tomonlarning “Ozodi” stadionida kechgan o‘zaro o‘yinida Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Qayd etish kerak, Berdiyev O‘zbekiston milliy termasining so‘nggi o‘yinida jamoani Amirliklarga qarshi o‘yinga olib chiqqandi.

Branko Ivankovich bunga qadar Eron milliy terma jamoasida ham faoliyat olib borgandi. 64 yoshli mutaxassis, shuningdek, Xorvatiya termasida yordamchi bo‘lib ishlagan. Germaniyaning “Gannover”, Xitoyning “Shandong Lunen”, Saudiyaning “Al-Ittifoq”, Amirliklarning “Al-Vahda” klublarini ham boshqargan.

Ayni paytda O‘zbekiston milliy termasi vaqtinchalik Timur Kapadzega topshirilgan. O‘FA rahbariyati bosh murabbiy masalasi uzil-kesil JCH—2018 dan keyin hal bo‘lishi haqida aytib o‘tgandi. Katta ehtimol bilan O‘zbekiston milliy termasining bo‘lajak bosh murabbiyi o‘z jamoasini Rossiya mundialga tayyorlamoqda.

Branko Ivankovich boshqarayotgan “Persepolis” 2 aprel kuni Qarshida “Nasaf”ga qarshi takroriy o‘yinda ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Branko Ivankovich: “Menga O‘zbekistondan taklif tushgandi, lekin rad qildim”