Karim Benzema tarixda 34-bo‘lib Chempionlar Ligasida yuzlik dovonini oshib o‘tdi.
Bugun sizlar bilan Yevropa klublari o‘rtasidagi eng muhim turnir Chempionlar Ligasida 100 va undan ortiq o‘yin o‘tkazgan futbolchilar haqida gaplashamiz.
100 – 103 o‘yin
34 o‘rin. Karim Benzema* (“Lion”, “Real”) – 100 o‘yin
33 o‘rin. Andrey Shevchenko(“Dinamo Kiyev”, “Milan”, “Chelsi”) – 100 o‘yin
32 o‘rin. Oliver Kan (“Bavariya”) – 103 o‘yin
31 o‘rin. Luish Figu(“Barselona”, “Real”, “Inter”) – 103 o‘yin
30 o‘rin. Aryen Robben*(PSV, “Chelsi”, “Real”, “Bavariya”) – 103 o‘yin
29 o‘rin. Sesk Fabregas*(“Arsenal”, “Barselona”, “Chelsi”) – 103 o‘yin
Bu “Klubning” yangi vakili Benzema afsonalar qatoriga kirishga erishdi. Shuningdek, fransuz Oliver Kan, Andrey Shevchenko va Figuni ham o‘yinlar soni bo‘yicha ortda qoldirishiga shubha yo‘q. Avvalroq Benzema ukrainalik hamkasbi Andrey Nikolayevichni gollar soni bo‘yicha ham ortda qoldirgandi. Eslatib o‘tamiz, Ukraina terma jamoasi ustozi hisobida 48ta aniq zarba bo‘lsa, Karimda – 53, bu esa musobaqa tarixidagi beshinchi natija! Ko‘plab tanqidlarga uchraydigan Benzemadan faqat van Nistelroy (3ta gol ko‘p), Raul, Messi va Ronaldu ko‘proq gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
105 – 110 o‘yin
28 o‘rin. Frenk Lempard (“Chelsi”, “Manchester Siti”) – 105 o‘yin
27 o‘rin. Viktor Valdes (“Barselona”) – 106 o‘yin
26 o‘rin. Devid Bekxem (“Manchester Yunayted”, “Real”, “Milan”, PSJ) – 107 o‘yin
25 o‘rin. Dani Alves* (“Sevilya”, “Barselona”, “Yuventus”, PSJ) – 108 o‘yin
24 o‘rin. Andrea Pirlo(“Inter”, “Milan”, “Yuventus”) – 108 o‘yin
23 o‘rin. Patris Evra (“Monako”, “Manchester Yunayted”, “Yuventus”) – 108 o‘yin
22 o‘rin. Eshli Koul (“Arsenal”, “Chelsi”, “Roma”) – 108 o‘yin
21 o‘rin. Jon Terri (“Chelsi”) – 109 o‘yin
20 o‘rin. Gari Nevill (“Manchester Yunayted”) – 109 o‘yin
19 o‘rin. Paolo Maldini (“Milan”) – 109 o‘yin
18 o‘rin. Serxio Ramos* (“Real”) – 110 o‘yin
Bu ro‘yxatga “adashib kirib qolgan” futbolchining o‘zi yo‘q. Tan olish zarur, ularning har biri o‘z ishining ustalaridir.
Kuni kecha, PSJga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgan Serxio Ramos boshqa bir afsonaviy himoyachi Paolo Maldinini ortda qoldirdi. Paolo hisobida 5ta Chempionlar Ligasi bosh sovrini bo‘lsa, bu mukofot “Real” sardorida hozircha 3ta. Ammo Ramosni oldinda hali ko‘plab g‘alabali o‘yinlar kutayotgani aniq.
111 – 120 o‘yin
17 o‘rin. Petr Chex (“Sparta”, “Chelsi”, “Arsenal”) – 111 o‘yin
16 o‘rin. Filipp Lam (“Shtutgart”, “Bavariya”) – 112 o‘yin
15 o‘rin. Tyerri Anri (“Monako”, “Arsenal”, “Barselona”) – 112 o‘yin
14 o‘rin. Janluiji Buffon* (“Parma”, “Yuventus”) – 114 o‘yin
13 o‘rin. Karles Puyol (“Barselona”) – 115 o‘yin
12 o‘rin. Xabi Alonso (“Real Sosyedad”, “Liverpul”, “Real”, “Bavariya”) – 119 o‘yin
11 o‘rin. Zlatan Ibragimovich*(“Ayaks”, “Yuventus”, “Inter”, “Barselona”, “Milan”, PSJ, “Manchester Yunayted”) – 120 o‘yin
10 o‘rin. Roberto Karlos (“Real”, “Fenerbaxche”) – 120 o‘yin
Ularning orasida ushbu musobaqaning ikki eng omadsiz yigitlarini ko‘rish mumkin. Ibragimovich va Buffon ko‘p sovrinlar yutgan, ajoyib mahorat sohiblari, ammo... Zlatan Chempionlar Ligasida 48ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Buffon “Yuventus” bilan uch marta finalga qadar yetib borgan, ammo kubokni boshi uzra ko‘tarish nasib qilmagan. “Tottenxem”ga qarshi o‘yinda o‘zining bu turnirdagi 115-uchrashuvini o‘tkazgan Buffon shu mavsum oxirida faoliyatini yakunlashi, MYU bilan kurashni davom ettirayotgan Ibra esa yozda Yevropani tark etishi kutilmoqda.
122 – 127 o‘yin
9 o‘rin. Lionel Messi* (“Barselona”) – 122 o‘yin
8 o‘rin. Pol Skoulz (“Manchester Yunayted”) – 124 o‘yin
7 o‘rin. Klarens Zeyedorf (“Ayaks”, “Real”, “Milan”) – 125 o‘yin
6 o‘rin. Andres Inyesta* (“Barselona”) – 127 o‘yin
Klubini almashtirmagan 3 yigit va 3 xil jamoa tarkibida g‘olib bo‘lishga erishgan yagona futbolchi Klarens Zeyedorf. Mana 15 yildirki uning natijasini hech kim takrorlay olmayapti.
141 – 167 o‘yin
5-o‘rin. Rayan Giggz (“Manchester Yunayted”) – 141 o‘yin
4-o‘rin. Raul Gonsales (“Real”, “Shalke”) – 142 o‘yin
3-o‘rin. Krishtianu Ronaldu* (“Manchester Yunayted”, “Real”) – 148 o‘yin
2-o‘rin. Xavi Ernandes (“Barselona”) – 151 o‘yin
1-o‘rin. Iker Kasilyas* (“Real”, “Portu”) – 167 o‘yin
Bir necha yil davomida ikki o‘rtoq Xavi va Iker birinchi bo‘lish uchun kurash olib borishdi. Ba’zan vaziyat va futbolchilarning o‘rni har bir o‘yin kunidan keyin o‘zgaraverdi. Ammo keyinroq Xavi Ernandes Qatarga yo‘l oldi, Kasilyas esa jonajon klubi “Real Madrid”ni tark etgan bo‘lsada, “Portu”ga borib qo‘shildi va Yevropa Chempionlar Ligasida ishtirokini davom ettirmoqda. Ispaniyaliklarni Krishtianu Ronaldu ortda qoldirishi mumkin. E’tiborlisi, Xavini shu mavsumning o‘zidayoq – buning uchun “Real” yarim finalga qadar yetib borsa kifoya. Forvard Chempionlar Ligasi gvardiyachilarining yangi yetakchisiga aylanishi ham hech gap emas. Axir Iker Kasilyas katta ehtimol bilan keyingi mavsumdan YECHLda ishtirok etmaydi.
— Ro‘yxatimizdagi 34 futbolchidan faqatgina 3 nafari bosh sovringa ega chiqmagan: Sesk Fabregas, Zlatan Ibragimovich va Janluidji Buffon.
— 34dan 11nafar futbolchi musobaqaning bu mavsumida ham ishtirok et(ayot)gan va pley-off bosqichida o‘z natijalarini yaxshilash imkoniga ega.
— Sizni bu ro‘yxatda qaysi mamlakat vakillari ko‘proq degan savol qiziqtirishi turgan gap. 34 futbolchi 13 mamlakat vakillari hisoblanadi. Eng ko‘pi ispaniyaliklar (9 o‘yinchi) va inglizlar (6 nafar vakil). Uch nafar vakil Fransiya va Italiyadan, ikki nafardan – Germaniya, Braziliya, Gollandiya va Portugaliyadan.
Yuzlik dovonidan o‘tganlar ichida Argentina, Chexiya, Ukraina, Uels va Shvetsiyadan ham futborlchilar mavjud. 34 futbolchi ichida bor yo‘g‘i 3 futbolchi yevropalik emas: braziliyaliklar Roberto Karlos va Dani Alves, hamda argentinalik Messi.
Bir kam dunyo
Alessandro Nesta (“Latsio”, “Milan”) – 99 o‘yin
Edvin van der Sar (“Ayaks”, “Yuventus”, “Manchester Yunayted”) – 98 o‘yin
Guti (“Real”) – 97 o‘yin
Xavyer Zanetti (“Inter”) – 97 o‘yin
Klod Makelele (“Nant”, “Real”, “Chelsi”, PSJ) – 97 o‘yin
Xavyer Maskerano(“Liverpul”, “Barselona”) – 96 o‘yin
Yuzlik dovonini zabt etishga yaqin bo‘lganlar
Jerar Pike(“Manchester Yunayted”, “Barselona”) – 95 o‘yin
Pepe(“Portu”, “Real”, “Beshiktash”) – 95 o‘yin
Tomas Myuller (“Bavariya”) – 94 o‘yin
Manuel Noyer(“Bavariya”) – 92 o‘yin
Serxio Buskets(“Barselona”) – 91 o‘yin
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi