Bugun, 12 mart kuni Osiyo chempionlar ligasining 4-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Al Duhayl” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, 35-daqiqada Sardor Rashidov “temiryo‘lchilar”ni hisobda oldinga boshlab chiqqandi. Ammo o‘yinning eng so‘nggi daqiqalari “Lokomotiv” uchun alamli tarzda yakun topdi.
90-daqiqada Salim Mustafoyev raqib futbolchisini chalib yiqitdi. Al Arabi esa bu vaziyatda penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi.
Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo‘shib berilgan edi. Ammo yana Salim Mustafoyevning qo‘pol xatosidan so‘ng “Al Duhayl” tezkor qarshi hujumga chiqib ketish evaziga, hisobni 1:2 ko‘rinishiga keltirdi va Toshkentda ham g‘alabani rasmiylashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Afsuski, o‘yinga bepul kirgan muxlislar bugungi natijadan qattiq ranjishdi.
OChL, 4-tur.
“Lokomotiv” – “Al Duhail” 1:2.
Gollar: Sardor Rashidov (35, Shuhrat Muhammadiyev), Al Arabi (90-penalti, 90+4).
“Lokomotiv”: 1.Ignatiy Nesterov, 33.Oleg Zoteyev, 5.Kaxi Maxaradze, 28.Shuhrat Muhammadiyev (17.Salim Mustafoyev, 88), 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 22.Sanjar Shoahmedov (77.Diyor Turopov, 79), 7.Sadriddin Abdullayev, 9.Ikromjon Aliboyev, 10.Marat Bikmayev, 27.Sardor Rashidov (6.Nivaldo, 66), 15.Sardor Mirzayev.
“Al Duhayl”: 50.Nosir Al Yazidi, 4.Lukas Mendes, 15.Bassam Husham (7.Ismoil Mohamad, 45), 18.Sulton Al Brak, 2.Muhammad Musa (22. Murad Naji, 68), 28.Yusuf Msakni, 12.Karim Budiaf, 6.Dame Traore, 10.Nam Tae Xi, 8.Luis Junior (19.Ali Moyez, 81), 9.Yusuf Al Arabi.
Ogohlantirishlar: Musa (21), Maxaradze (73), Oleg Zoteyev (90).
Manba: www.stadion.uz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi