Toshkentning «Bunyodkor» klubi yarimhimoyachisi Shohruh Gadoyev Janubiy Koreyaning nufuzi jihatdan ikkinchi divizioni sanalgan «Key Liga 2» vakili «Dejon Sitizen» klubi bilan shartnoma imzoladi.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi jamoa bilan keyinchalik yana bir yilga uzaytirish mumkin bo‘lgan ikki yillik («2+1» ko‘rinishidagi) shartnoma imzolagan.
Gadoyev dejonliklar tarkibida 30-raqam ostida o‘ynaydigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Gadoyev to‘p suradigan «Dejon» jamoasi chempionatning dastlabki ikki uchrashuvida imkoniyatni boy berib qo‘ygan va ligada 10ta jamoa ichida ochko to‘play olmagan yagona jamoa sifatida so‘nggi o‘rinda bormoqda. Jamoa birinchi turda «Buchon 1995», ikkinchi turda esa «Ansan Griners» jamoalariga imkoniyatni boy berdi.
Ko‘pchilikning yodida bulsa kerak, "Tedjon Sitizen" jamoasining uy arenasi - Daejeon World Cup Stadium JCh-2002ning bir nechta uchrashuvlarini qabul qilgan edi. Guruh bosqichidagi JAR - Ispaniya 2:3, Polsha - AQSh 3:1 hamda jahon chempionatlari tarixidan alohida o‘rin olgan 1/8 finaldagi Janubiy Koreya - Italiya 2:1 bellashuvlari shular jumlasidandir.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi