
Malayziyaning Subang-Jaya shahrida tashkil etilgan professional boks kechasida o‘zbekistonlik yengilmas charm qo‘lqop ustasi Azizbek Abdug‘ofurov faoliyatidagi 10-jangini o‘tkazdi.
Mazkur jangda Janubiy Afrika Respublikasi vakili Alfonso Tissen (10-1-2) bilan kuch sinashdi.
Sakkiz raund davom etgan qarama-qarshilikda hamyurtimiz faoliyatidagi 10-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Azizbek hisobida esa 9 ta jang bo‘lib, bokschimiz ularning barchasida raqiblarini mag‘lub qilgan. Shulardan 4 tasi nokautdir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar