O‘zbekiston chempioni va kubogi sohibi "Lokomotiv" jamoasi yangi mavsumni juda muvaffaqiyatsiz boshladi.
"Temiryo‘lchilar" yangi mavsumda hozirgacha jami 7 ta rasmiy bahsda maydonga tushishdi va shularning yarmidan ko‘pida mag‘lubiyatga uchrashdi.
"Lokomotiv"ning yangi mavsumdagi statistikasi quyidagicha:
7 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang va 4 mag‘lubiyat.
To‘plar nisbati: 12-10.
To‘plar nisbati: 12-10.
Mirko Yelichich va Andrey Miklyayev tandemi ostidagi jamoa OChLda 3ta mag‘lubiyatni qabul qilishgan bo‘lsa, Superligadagi ilk mag‘lubiyat Namangandagi bahsda sodir bo‘ldi. Shuningdek, jamoa Superliga doirasidagi yana bir uchrashuvda durang qayd etgandi. "Lokomotiv"ning ikkita g‘alabasidan biri Navoiyda "Qizilqum" ustidan qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, mavsumdagi ilk o‘yinda OChL doirasida "Al Vahda" Toshkentda taslim etilgandi.
"Temiryo‘lchilar" o‘tkazilgan oxirgi 4 uchrashuvdan 3tasida mag‘lubiyatga uchrashgan bo‘lsa, bitta durang o‘ynashdi. Jamoaning oxirgi g‘alabasi bahorning ilk kunida qo‘lga kiritilgandi. Shu tariqa "Lokomotiv"ning g‘alabasiz seriyasi 4 o‘yinga yetdi.
Amaldagi chempion ayni paytda O‘zbekiston Superligasida 3-turdan keyin 4 ochko jamg‘argan holda 6-o‘rinni band etib turibdi. OChLda esa jamoa 4-turdan so‘ng o‘z guruhida 3-pog‘onada bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi