Xabaringiz bor, kecha, 17 mart kuni professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov Malayziyaning Subang-Jaya shahrida ringa chiqib, vengriyalik tajribali charm qo‘lqop ustasi Latslo Tozni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etdi.
– Jang juda ham qiyin kechdi. Raqib tajribali bokschi edi. Ancha chidamli bokschi ekan. Butun jang davomida bor kuchim bilan uni mag‘lub qilishga harakat qildim. Shunga jang oxirlarida charchaganligim bilindi. Bundan tashqari jang 12 raund davom etdi, ammo baribir maqsadimga yetdim va g‘olib bo‘ldim. Bundan xursandman. Keyingi jangim 5 may kuni Toshkentda o‘tkazishni rejalashtirganmiz. Raqib haqida ma’lumotlar keyinroq chiqadi, – deydi Qudratillo Abduqahhorov SPORTS.uz internet portaliga.
Kechagi jang Qudratilloning faoliyatidagi 14-g‘alabasi bo‘ldi. Mazkur jangda u “World Boxing Council Silver” chempionlik kamarini munosib himoya qildi.
Eslatib o‘tamiz, Qudratillo Abduqahhorov esa professional ringga 2015 yil oktyabrida kirib kelgan va shu vaqtga qadar 13 ta jang o‘tkazib, ularning barchasini g‘alaba bilan yakunlagan. 9 tasida raqiblari ustidan muddatidan oldin zafar quchgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi