14:21 / 19.03.2018
3 918

Superligada ilk iste’fo ro‘y berdi

Superligada ilk iste’fo ro‘y berdi
Navoiyda O‘zbekiston Superligasi 3-turi doirasida «Qizilqum» va «Nasaf» jamoalari o‘rtasida kechgan va mehmonlar jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yindan keyin mezbonlar jamoasi bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov iste’fo berdi. U o‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida shu haqda e’lon qilgan.

«O‘yin bo‘yicha raqibga yutqazmadik, deb o‘ylayman. Shunchaki omadimiz kelmadi. Birinchi bo‘limda, hisob 0:0 paytida ikkita qulay vaziyat golga aylanmadi. Yaxshi o‘ynab yutqazdik. Yigitlarga e’tirozim yo‘q. Bugun bosh murabbiy sifatida oxirgi o‘yinni o‘tkazdim.

Bu futbol, omad va omadsizlik yonma-yon turadi. Qo‘limdan kelganicha jamoani yuqoriga ko‘tarishga intildim. Buni tushungan, tushunadi. Bir kishiga hamma ishni bajarish qiyinchilik tug‘dirar ekan.

Afsuski, hozircha chet eldan tajribali murabbiy taklif etishga imkoniyatimiz yo‘q. Shu bois bundan buyon jamoada Yuriy Pavlovich Lukin bosh murabbiylikni davom ettiradi. Ilgari hech qachon mavsumni bu qadar yomon boshlamagandik.

Ammo har qanday qiyinchilikniyam oxiri bo‘ladi. Futbolchilarga qo‘ldan kelgancha barcha imkoniyatlarni yaratishga harakat qilayapmiz. Mavsum endi boshlandi. O‘ylaymanki, asta-sekin yaxshi natijalarni ham qo‘lga kirita boshlaymiz», deya murabbiyning so‘zlarini keltirgan klub rasmiy sayti.

Hamidjon Aktamov ko‘p yillardan buyon klub tuzilmasida faoliyat ko‘rsatib kelgan. U ayni vaqtda ham klub tizimida qolgan-qolmaganiga aniqlik kiritilmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superligada ilk iste’fo ro‘y berdi