Bugun Farg‘onada O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Keniya olimpiya terma jamoasiga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.
Dastlabki o‘rtoqlik o‘yinida Ravshan Haydarov shogirdlari 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchrashgandi. Bugungi o‘yinda olimpiyachilarimiz ana o‘sha mag‘lubiyat uchun revansh olishga harakat qilishadi.
Umuman olganda, bu kabi o‘rtoqlik o‘yinlari Olimpiya terma jamoamiz uchun katta musobaqa oldidan muhim sinov vazifasini o‘tab berishi uchun tashkillashtirilayotganini ham ta’kidlab o‘tish zarur.
Shu yilning avgust oyida Indoneziyada Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ravshan Haydarov jamoasi oldiga mazkur musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etish vazifasi qo‘yilgan. Bundan tashqari, Tokio – 2020 Olimpiadasiga yo‘llanma olish ham olimpiya terma jamoamiz oldidagi asosiy vazifa hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston OTJ – Keniya OTJ o‘yini Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida soat 20:00da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi