15:40 / 25.11.2015
6 420

«Barselona» evrokuboklardagi gollar soni bo‘yicha «Real»ni ortda qoldirdi

«Barselona» evrokuboklardagi gollar soni bo‘yicha «Real»ni ortda qoldirdi
YeChLning guruh bosqichi 5-tur doirasidan o‘rin olgan «Barselona» va «Roma» o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng mezbonlar o‘ziga xos rekord qayd etishdi.

Gap shundaki, raqib darvozasiga 6 ta to‘p kirita olgan «Barselona» yevrokuboklardagi gollari soni bo‘yicha azaliy raqibi «Real»ni ortda qoldirdi. Mazkur o‘yindan so‘ng kataloniyaliklarning hisobidagi gollar soni 1028taga yetdi. Hozirga qadar 1026ta gol urgan “Real” esa shu tariqa bu borada ikkinchi o‘ringa tushib qoldi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Lvov shahrida bo‘lib o‘tadigan «Shaxtyor» va «Real» bahsida mehmonlar 2 va undan ortiq gol kirita olishsa yana birinchi o‘ringa chiqib olishlari mumkin.

Manba: Stadion.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» evrokuboklardagi gollar soni bo‘yicha «Real»ni ortda qoldirdi