18:08 / 31.03.2018
3 791

Uzbek Tigers’ning venesuelalik bokschilarga qarshi tarkibi e’lon qilindi. Ro‘yxatda Hasanboy Do‘stmatov yo‘q

Uzbek Tigers’ning venesuelalik bokschilarga qarshi tarkibi e’lon qilindi. Ro‘yxatda Hasanboy Do‘stmatov yo‘q
Avval xabar berilganidek, Butunjahon boks seriyasining sakkizinchi mavsumida ishtirok etayotgan Uzbek Tigers guruhdagi so‘nggi ikki uchrashuvini venesuelalik raqiblariga qarshi o‘tkazadi.

«Olamsport» saytiga ma’lum bo‘lishicha, jamoalar o‘rtasidagi har ikkala to‘qnashuv ham bir kunda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Janglarga Termiz shahri mezbonlik qiladi.

7 aprel kuni tashkil qilinadigan jang oqshomida muxlislar 10 ta jang guvohiga aylanadi. O‘sha kuni C1 va C2 jamoalari ringda to‘qnash keladi.

Yaqindagina yangi hayotga qadam qo‘ygan Hasanboy Do‘stmatov va Kolumbiyadagi jangda g‘alaba qozongan Iqboljon Xoldorov bu safargi bahslarda ishtirok etmaydi.

Mazkur janglarda ishtirok etadigan bokschilar nomi ma’lum bo‘ldi.

Boks. Butunjahon boks seriyasi.

7 aprel. Termiz. "Alpomish" sport majmuasi

C1

-49kg: Nodir Mirzaahmedov - Luis Podarki
-56kg: Shahobiddin Zoirov - Yoel Finish
-64kg: Aliyor Noraliyev - Kristian Palasio
-75kg: Isroil Madrimov - Endryu Saavedra
-91kg: Sanjar Tursunov - Albert Ramires

C2

-52kg: Jasurbek Latipov - Xesus Roxas
-60kg: Shunqor Abdurasulov - Luis Kabrera
-69kg: Mahmud Gaipov - Gabriel Maestre
-81kg: Bektemir Meliqo‘ziyev - Nalek Korbaj
+91kg: Bahodir Jalolov - Jordan Ernandes

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Uzbek Tigers’ning venesuelalik bokschilarga qarshi tarkibi e’lon qilindi. Ro‘yxatda Hasanboy Do‘stmatov yo‘q