“Nasaf” – “Persepolis” uchrashuvi yakuniga yetgach, o‘yin yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida “Persepolis” jamoasi bosh murabbiyi Branko Ivankovich ishtirok etdi.
- Assalomu alaykum, bugun juda chiroyli o‘yin bo‘ldi. “O‘yinda qo‘lga kiritilgan natijadan mamnunman. Biz ushbu o‘yindan so‘ng keyingi bosqich masalasini hal qilib qo‘ydik. Bu esa bizning asosiy maqsadimiz edi.
O‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsam, juda shiddatli futbol uchrashuviga guvoh bo‘ldik. “Nasaf” keyingi bosqichga chiqa olmadi. Bugun gol kirita olmagan bo‘lsada, juda ajoyib o‘yin ko‘rsata oldi.
Shu o‘rinda mezbonlarga, bizga ko‘rsatgan ehtiromi va yaratib bergan sharoitlari uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman
Biz chempionlar ligasining eng qiyin guruhidan joy olganmiz. Shuni ta’kidlash kerakki, bugun biz Osiyoning istalgan jamoasiga qarshi sifatli o‘yin namoyish eta olishimizni ko‘rsata oldik.
Bugungi o‘yindan keyin jamoamizda ishonch paydo bo‘ldi. Keyingi o‘yinda ham “Al Sadd”ni mag‘lub etgan xolda guruhda birinchi o‘rinni olish va bosqichma- bosqich ijobiy natija ko‘rsatishga harakat qilamiz.
Bugun “Nasaf” juda ham yuqori kayfiyatda o‘ynadi, 90 daqiqa davomida gol urishga harakat qildi va jamoamizga o‘z o‘yinini namoyish qilishga imkon bermadi. “Nasaf”ga Dragan Cheranning jarohati xalal berdi, ammo bu jamoani yorqin kelajak kutmoqda. Tarkibida iqtidorli yoshlar ko‘p.
“Nasaf”dagi 20 va 10-raqamdagi futbolchilar menga yoqdi. 6 va 7-raqamdagi futbolchilarda ham mahorat yuqori. Shuningdek Lukich o‘ng qanotdan ko‘p hujumlar orqali bizga “bosh og‘riq” bo‘ldi. Ta’kidlayman, “Nasaf" bugun birinchi o‘yindan butkul boshqacha raqobat ko‘rsatdi. Ilk o‘yinimizda mamlakatiingizda chempionat boshlanmagani “Nasaf”ga pand bergan edi.
“Nasaf” matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?