22:30 / 05.04.2018
3 848

Viktor Kumikov: "Neftchi" mag‘lub etilgach nimalar dedi?

Виктор Кумиков: "Нефтчи" мағлуб этилгач нималар деди?
“Neftchi” – AGMK bahsidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Viktor Kumikov va futbolchi Lutfulla To‘rayevlar ishtirok etishdi.
Viktor Kumikov: Birinchi bo‘limni qoniqarli o‘tkaza olmadik. Ikki noaniq zarbadan tashqari deyarli xavfli vaziyat yaratmadik. Shu sababli, tanaffus chog‘ida futbolchilarga kerakli ko‘rsatmalarni bergan holda ikkinchi bo‘limda yana jadalroq harakat qilishlariga chorladim. Ikkinchi bo‘limda o‘yinni to‘liq nazorat qildik va yakunda g‘alabaga erishdik.

Lutfulla To‘rayev: Murabbiyning fikrlariga qo‘shilaman. Birinchi bo‘limda o‘yinimiz qovushmadi. Ikkinchi taym oldidan yigitlarni ruhlantirishga urindim. Raqibdan qo‘rqmasdan oldinga borish kerakligini uqtirdim. G‘alabadan esa xursandman.

- Lutfulla, ikkinchi bo‘limda mehmonlar ko‘proq faol ko‘rindi. AGMK nimani hisobiga g‘alabaga erishdi?
- Tanaffusda yigitlarga ancha gapirdim. Xarakter ko‘rsatishga harakat qildik.

Manba: “Neftchi” matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Viktor Kumikov: "Neftchi" mag‘lub etilgach nimalar dedi?