Bosniyalik 65 yoshli mutaxassis Vohid Halilhojich Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarildi. Ushbu mutaxassis bu lavozimda 2015 yildan buyon ishlab kelayotgandi.
Halilhojich terma jamoani jahon chempionatiga olib chiqqani ham uni ishdan bo‘shatishga to‘siq bo‘lolmadi.
Ushbu iste’fo haqida NHK efirida Yaponiya futbol assotsiatsiyasi prezidenti Kodzo Tasimuga asoslangan holda xabar berilgan.
Qayd etilishicha, Yaponiya termasi joriy yildagi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishonchsiz harakat qilgan. Bundan tashqari, terma jamoa futbolchilarining ba’zilari Halilhojichning uslublaridan norozi bo‘lgan.
Rossiyadagi jahon chempionatida Yaponiya H guruhida Polsha, Senegal va Kolumbiya terma jamoalari bilan birga ishtirok etadi. Jahon birinchiligi 14 iyundan 15 iyulgacha bo‘lgan muddatda Rossiyaning 11 shahrida o‘tkaziladi. Endilikda yangi murabbiy termani turnirga qolgan ikki oy muddat ichida tayyorlashi lozim bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...