09:53 / 10.04.2018
4 642

YeChL. Bugun «Manchester Siti» «Liverpul»dan alamini ololadimi?

YeChL. Bugun «Manchester Siti» «Liverpul»dan alamini ololadimi?
Bugun, 10 aprel sanasida Yevropa Chempionlar Ligasining ikki yarim finalchisi aniqlanadi.

«Manchester Siti» — «Liverpul»
Ulardan biri Manchester shahridagi Etihad stadionida ma’lum bo‘ladi. Birinchi uchrashuvda 0:3 hisobida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan Xosep Gvardiola shogirdlari bugun javob o‘yinida Yurgen Klopp shogirdlariga qarshi kurash olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi. Uchrashuv UzReport telekanali tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda uzatiladi.

Foto: Google Images
«Roma» — «Barselona»
Musobaqaning yana bir yarim finalchisi Rimda ma’lum bo‘ladi. Rimnin «Roma»si o‘z uyida Kataloniyaning «Barselona»sini qabul qiladi. Birinchi uchrashuv Leo Messi jamoadoshlarining 4:1 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Ushbu o‘yin ham Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi. Futbol-TV o‘yinni jonli efirda namoyish etadi.

Yevropa Chemionlar Ligasi

Chorak final javob uchrashuvlari

10 aprel, seshanba

«Manchester Siti» — «Liverpul»
«Roma» — «Barselona»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YeChL. Bugun «Manchester Siti» «Liverpul»dan alamini ololadimi?