3 598
Ilhom Mo‘minjonov: "Klubda paydo bo‘lgan ayrim mutaxassislar bu futbolchilar bilan jamoa uzoqqa bormaydi deyishgan"
"Navbahor" - "Bunyodkor" (2:1) uchrashuvidan so‘ng Ilhom Mo‘minjonov va Azizbek Turg‘unboyev matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
"Futbolchilarim nihoyat oxirigacha o‘ynash kerakligini tushunib yetishdi. Jizzaxdagi alamli mag‘lubiyatdan so‘ng yigitlar ikki taym emas uch taym o‘ynash kerakligini tushunishdi. Murabbiylar ko‘rsatmasini to‘liq bajarishgani uchun rahmat aytaman. Bugungi g‘alaba o‘sha alamli mag‘lubiyatni yuvib yubordi deb o‘ylayman.
Nenad Inyatsning tezligi past emas. U xuddi Turg‘unboyev kabi 30 metrni 4 soniyada bosib o‘ta oladi. Nenadning maydonda bo‘lishi raqiblarga katta bosim beradi. Futbolni tushunmaydigan ayrim mutaxassislar uni tanqid qilishgandi. Mana bugun u klassini ko‘rsatdi, "Lokomotiv" bilan o‘yinda ham shunday bo‘lgandi.
Har bir raqibga qarab futbolchilarni tanlaymiz. Masalan, Mehmonov o‘tgan turlarda maydonga tushmagandi. Bugun tushirdim va u gol urdi. Dilshod Jabborov bugungi bahs taktikasiga to‘g‘ri kelmadi va shu bois tushmadi. Keyingi uchrashuvda kimlar o‘ynashini bilmayman.
Klubda paydo bo‘lgan ayrim mutaxassislar bu futbolchilar bilan jamoa uzoqqa bormaydi deyishgan. Ammo yangi kelgan mutaxassislar yanglishishadi. Men o‘zim yiqqan tarkib bilan faxrlanaman. Nasib qilsa ikkinchi davrani ham shu futbolchilar bilan o‘tkazamiz", - deydi Ilhom Mo‘minjonov.
"Avvalo hammani yutuq bilan tabriklayman. Bugun bizga g‘alaba suv va havo kabi zarur edi. Bizni qo‘llab turgan Namangan ahliga katta rahmat aytaman. Futbolga kirib kelishimga sabab dadam. Birinchi murabbiylarim Ilhom Abduqodirov va Xurshid Yuldashev. 15-sonli futbol litseyida o‘qiganman", - deydi Azizbek Turg‘unboyev.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi
Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi