O‘zbekiston milliy chempionati – Superliganing 8-turidan o‘rin olgan “Neftchi” hamda “Metallurg” klublari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
Unda 0:0 hisobi qayd etilib, jamoalar murosa ko‘chasini tanlashdi.
O‘yinning asosiy qismi tengkurashlar ostida o‘tdi. Har ikki jamoada ham darvozani ishg‘ol etishga vaziyatlar bo‘lganiga qaramay, final hushtagiga qadar muxlislar gol guvohiga aylanmadilar.
Shu tariqa, “Neftchi” ochkolari sonini 3taga yetkazib, hamon musobaqa jadvalining so‘nggi pog‘onasida borayotgan bo‘lsa, “Metallurg” 10 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi.
Superliga, 8-tur
“Neftchi” – “Metallurg” — 0:0 (0:0, 0:0)
“Neftchi”: Vitaliy Mirniy, Iskandar Shoyqulov, Shukurali Po‘latov, Otabek Ahmadjonov, Murodbek Bobojonov, Abbosbek Maxstaliyev, Abrorbek Ismoilov, Abdujamol Isroilov, Abdurahmon Abdulhaqov, Islombek Karimov, Dostonbek Tursunov.
“Metallurg”: Javohir Ilyosov, Abbos Otaxonov, Shahzod Shaymanov, Zabixillo O‘rinboyev, Islombek Isoqjonov, Jasur Hasanov, Sherzod Fayziyev, Akbar Ismatullayev, Abror Xusinov, Pavel Smolyachenko, Pavel Purishkin.
Hakamlar: V.Serazetdinov (Toshkent), T.Galeyev (Toshkent), A.Sidorov (Toshkent), J.Muxtorov (Toshkent).
Nazoratchi – M.Ismoilov (Toshkent).
Komissar – B.Aripov.
Foto manbasi: https://twitter.com/fcneftchiuz/media
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi