
24 aprel sanasida Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finali dastlabki uchrashuvi doirasida “Liverpul” o‘z maydonida “Roma”ni qabul qilib, 5:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Oradan bir kun o‘tib, ikkinchi yarim final juftligida “Bavariya” o‘z maydonida Madridning “Real”ini qabul qildi. Uchrashuvda hisob mezbonlar tomonidan 28-daqiqada ochildi. Gol muallifi Kimmix bo‘ldi. Birinchi bo‘lim so‘nggida Marselo chiroyli zarba yo‘llab, hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi. Ikkinchi bo‘limda Iskoning o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Marko Asensio 57-daqiqada o‘zi boshlagan hujumni yakunlab, “Real”ning safarda g‘alaba qozonishini ta’minladi.
Qur’aga ko‘ra yarim finalning javob bahslari 1—2 may kunlari o‘tkazilishi belgilangan. Final 26 may kuni Kiyevdagi “Olimpiyskiy” stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Yevropa Chempionlar Ligasi
1/2 final dastlabki bellashuvi
“Bavariya” — “Real Madrid” 1:2
Gollar: 1:0 – 28 Kimmix, 1:1 – 44 Marselo, 1:2 – 57 Asensio.
“Bavariya”: Ulrayx, Xummels, Boateng (Zyule, 34), Rafinya, Martines (Tolisso, 75), Robben (Alkantara, 8), Kimmix, Xames, Riberi, Levandovski, Myuller.
“Real Madrid”: Navas, Varan, Marselo, Karvaxal (Benzema, 67), Ramos, Kroos, Kazemiro (Kovachich, 83), Vaskes, Modrich, Isko (Asensio, 46), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Riberi (52), Kazemiro (78), Alkantara (89).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar