Xabaringiz bor, 29 aprel tongida yengilmas bokschimiz Shohjahon Ergashev WBA International chempionlik kamari uchun xitoylik Vang Jiminga qarshi ringga ko‘tariladi.
“Olamsport.com” nashrining xabar berishicha, mazkur jangda hamyurtimizning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Mutaxassis va muxlislar, shuningdek, bukmekerlik kompaniyalari Shohjahonni favorit sifatida e’tirof etganlar. Bukmekerlik kompaniyalari Ergashevning g‘alabasi uchun 1.03 nisbat berishgan. Xitoylik bokschining g‘alabasi uchun esa 14,5 nisbat berilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev ishtirokidagi jang erta tong soat 05:00dan so‘ng boshlanishi kutilmoqda. Boshqa janglar natijasiga qarab, to‘qnashuv boshlanish vaqti biroz o‘zgarishi mumkin. Bahs “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi