21:14 / 30.04.2018
3 936

«PSSI-2018». O‘zbekiston OTJ ikkinchi o‘yinda mag‘lubiyatdan zo‘rg‘a qutilib qoldi

«PSSI-2018». O‘zbekiston OTJ ikkinchi o‘yinda mag‘lubiyatdan zo‘rg‘a qutilib qoldi
Indoneziyadagi xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun musobaqa doirasidagi ikkinchi uchrashuvni Bahrayn terma jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Uchrashuvda Ravshan Haydarov shogirdlari 3:3 hisobida durang qayd etishdi. Terma jamoamiz tarkibida gollarni Azizbek Amonov, Husniddin G‘ofurov va Sanjar Qodirqulovlar kiritishdi.

Musobaqaning birinchi o‘yinida KXDR terma jamoasiga qarshi bahs olib borgan olimpiya terma jamoamiz 2:2 hisobida durang qayd etgandi.

“PSSI-2018”

O‘zbekiston OTJ – Bahrayn OTJ 3:3

Gollar:
Azizbek Amonov (44), Husniddin G‘ofurov (72), Sanjar Qodirqulov (90+3) - Hoshim Hoshim (35, pen.), Muhammad Marhun (51, 58).

O‘zbekiston OTJ: Botirali Ergashev, Sharof Muhitdinov, Suhrob Nurulloyev, Nurillo To‘xtasinov, Islom Kenjaboyev, Hojiakbar Alijonov, Andrey Sidorov, Azizbek Amonov, Doniyor Narzullayev, Husniddin G‘ofurov, Ilhom Alijonov.

Bahrayn OTJ: Sayid Muhammad Subhar, Ahmad Bugammar, Husayn Sabba, Muhammad Marhun, Abdulaziz Almansuriy, Hasan Alkarrani, Hoshim Hoshim, Jasim Alsalama, Adnan Alshirah, Abbos Alasfur, Yusuf Shabaan.

Hakam: Yudi Nurchaya (Indoneziya)

Endi 3 may kuni O‘zbekiston OTJ musobaqa mezboni Indoneziyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlanadi.

03.05.2018 Indoneziya - O‘zbekiston 17:30

Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «PSSI-2018». O‘zbekiston OTJ ikkinchi o‘yinda mag‘lubiyatdan zo‘rg‘a qutilib qoldi