date
views 3 963

Mirjalol Qosimov: G‘alabamizning siri - 120 tali mixim bor

Mirjalol Qosimov: G‘alabamizning siri - 120 tali mixim bor
Superliga-2018ning 10-turi doirasida “Bunyodkor” – “Nasaf”ni 2:1 hisobi bilan mag‘lub etdi. Uchrashuv natijalari borasida, matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mirjalol Qosimov: ­- Albatta, g‘alaba qozonganimizdan xursandman. Ammo og‘ir o‘yin bo‘ldi deb ayta olaman. Bunga sabab jamoaning moliyaviy ahvolidir, zaxiramiz bo‘m-bo‘sh, ketma-ket mag‘lubiyatlar. Shu tomondan qiyinchilik bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda vaziyatlarda yaxshi harakat qilib raqib darvozasini ishg‘ol etdik.

Javlon Ibrohimovni jarohati tufayli almashtirishga to‘g‘ri keldi. Oxirgi daqiqalarda gol o‘tqazib yuborishimiz, 3 ta himoyachi bo‘lib harakat qilganimiz sabab bo‘lmaydi.

Bugungi kundagi moliyaviy sharoit yaxshi bo‘lmasada g‘alaba qozonishimiz, jamoadagi tartibning yaxshiligiga sabab 120 tali mixim bor.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: G‘alabamizning siri - 120 tali mixim bor