10:03 / 05.05.2018
2 768

Jeparov va uning jamoasi Eron kubogini qo‘lga kiritdi (foto+video)

Jeparov va uning jamoasi Eron kubogini qo‘lga kiritdi (foto+video)
Payshanba oqshomida Eronda Hazfi kubogi (mamlakat kubogi shunday nomlanadi, tahr) finali bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtimiz Server Jeparov faoliyat olib boradigan “Istiqlol” klubi quyi liga vakili “Xunix Be Xunix” jamoasi bilan kuch sinashdi.

Mazkur o‘yinda tajriba o‘z so‘zini aytib, tehronliklar 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi va “Istiqlol” o‘z tarixida yettinchi marta mamlakat kubogida g‘olib chiqdi. Qayd etish joiz, bu borada ularga Eronda hech kim teng kelolmaydi.

Hamyurtimiz odatdagidek o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va maydondagi eng faol futbolchilardan biri bo‘ldi.

Quyida final o‘yini videosharhi va taqdirlash marosimidan foto va videolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.





Eron Hazfi kubogi. Final

“Istiqlol” – “Xunix Be Xuni” 1:0.


Manba: SPORTS.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jeparov va uning jamoasi Eron kubogini qo‘lga kiritdi (foto+video)