
Foto: «Olampsport»
Kecha, 6 may tongida Osiyo chempioni, Jahon chempionati sovrindori Bahodir Jalolov professional boksdagi ilk jangini AQShdagi Foxwoods Resort Casino arenasida meksikalik Ugo Truxiloga qarshi ringga ko‘tarildi. Bo‘y jihatdan sezilarli ustunlikka ega Bahodir raqibini o‘ziga yaqinlashtirmagan holda, uzoq masofadan bergan kuchli zarbalari sabab 3-raundda raqibini nokautga uchratdi.
Shu tariqa Bahodir prof boksdagi debyutini nokautli g‘alaba bilan boshladi. Meksikalik bokschi esa o‘zining ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Bungacha u 5 ta jang o‘tkazib, ularning 4 tasida g‘alaba qozongan (2 tasi nokaut bilan) va 1 ta durang qayd etgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar