Pepsi Superliga bahslari qizg‘in pallasiga kirib bormoqda, deb yozadi Sports.uz nashri.
Uchrashuvlar shiddati va murosasizligi, stadionlarda muxlislar uchun yaratilayotgan sharoitlar va tashkil etilgan oilaviy sektorlar, uyushtirilayotgan konsert dasturlari, shuningdek turli xil aksiyalar samarasi o‘laroq ishqibozlar stadionlar tomon oshiqishmoqda.
Pepsi Superliga 10-turidan keyin muxlislar tashrifiga e’tibor qaratar ekanmiz, bu borada yaqqol peshqadamlik Toshkentning “Bunyodkor” jamoasiga tegishli bo‘lib turganini guvohi bo‘lamiz. Sir emaski, avvalgi mavsumlarda “qaldirg‘ochlar” muxlislar tashrifi borasida past ko‘rsatkichga ega edilar. Bu ayni haqiqat. Misol uchun 2017 yilgi chempionat bahslarida “Bunyodkor” umumiy hisobda jami 13004 ta muxlis yig‘gandi, xolos.
2018 yilgi chempionat formati o‘zgarishi, bahslarning murosasiz o‘tayotgani, qolaversa, muxlislar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va ular uchun tashkil etilayotgan shou-dasturlar samarasi natijasida, futbol muxlislarining stadionlarga tashrifi keskin oshdi. Bu jihat “Bunyodkor” ishtirokidagi uchrashuvlarda ham yaqqol sezilmoqda.
Pepsi Superliga 10-turi yakunlangach, muxlislar tashrifi borasida “Bunyodkor” yuz minglik marrani zabt etgan birinchi jamoa bo‘ldi. Mirjalol Qosimov shogirdlarining uy uchrashuvlarini tomosha qilish uchun hozircha umumiy hisobda 103236 nafar muxlis tashrif buyurdi. Bu o‘rtacha hisobda har bir uchrashuvga 17206 nafardan to‘g‘ri keladi.
“Bunyodkor” futbol klubi keyingi uy uchrashuvlarini ham yanada yuqori saviyada tashkil etishga intiladi va navbatdagi bahslarda ham muxlislar uchun ajoyib shou dasturlari bilan birgalikda stadion va uning atrofida yetarli shart-sharoitlar yaratilishida maksimal mehnat qiladi. Eng asosiysi – Mirjalol Qosimov boshchiligidagi “Bunyodkor” futbol jamoasi maydonda maksimal shijoat bilan faqat va faqat muxlislar uchun o‘ynashda davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi
Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat"
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz!
Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi