Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi raqibini qulatdi

Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi raqibini qulatdi
AQShning Nyu-York shahridagi "Madison Square Garden" arenasida hayurtimiz Fazliddin G‘oibnazarov(4-0-0 Kos 2) professional boksdagi navbatdagi jangida g‘alaba qozondi.

Fazliddin G‘oibnazarov mazkur jangda meksikalik Xesus Silveyraga (8-6-2) qarshi ringga ko‘tarildi. Keskin va murosasiz jangda bokschimiz raqibini 4-raundda texnik nokautga uchratdi.

Shu tariqa tajribali bokschimiz professional boksdagi faoliyatida 4-jangini ham g‘alaba bilan yakunladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar