Fransiyaning Lion shahrida bo‘lib o‘tgan «Marsel» va «Atletiko» jamoalari o‘rtasidagi Yevropa ligasi final bahsi yakuniga yetdi.
Bellashuvda Madrid klubi fransuz jamoasini yirik hisobda mag‘lub etib, o‘z tarixida uchinchi bor ushbu musobaqada g‘alabani qo‘lga kiritdi.
«Atletiko» bunga qadar 2009/10 va 2011/12 yilgi mavsumlarda ham bosh sovringa ega chiqqan edi. Shu tariqa Simeone shogirdlari ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha «Sevilya» bilan tenglashib oldi.
Bosh murabbiy Diyego Simeone uchun esa ushbu sovrin hisob bo‘yicha sakkizinchisidir. U Madrid klubi tarixida Aragones bilan birga eng ko‘p covrin yutgan murabbiyga aylanib oldi. Uning hisobida Argentina chempionati (2 bor), Ispaniya chempionati, kubogi, superkubogi, Yevropa ligasi (ikki bor) hamda UYeFA superkubogi g‘olibligi bor.
Marsel Fransiya – Atletiko Ispaniya 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 21 Grizmann, 0:2 – 49 Grizmann, 0:3 – 89 Gabi.
Marsel – Mandanda, Sarr, Rami, Luis Gustavo, Amavi, Zambo-Angissa, Sanson, Toven, Payet (Lopes, 32), Okampos (N`Ji, 55), Jermen (Mitroglu, 74).
Atletiko – Oblak, Vrsalko (Xuanfran, 46), Ximenes, Godin, Lyuka Ernandes, Korrea (Parti, 88), Gabi, Saul, Koke, Grizmann (Torres, 90), Diyego Kosta.
Ogohlantirishlar: Vrsalko (23), Amavi (38), Luis Gustavo (75), N`Ji (78), Lyuka Ernandes (78).
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin