00:02 / 26.05.2018
2 532

Mirjalol Qosimov: "Sabrning tagi rohat"

Mirjalol Qosimov: "Sabrning tagi rohat"
Superliganing 13-tur doirasidagi "Paxtakor" - "Bunyodkor" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab "qaldirg‘ochlar" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.
- Jamoa men xohlagan o‘yinni ikkinchi bo‘limda namoyish etdi. Birinchi taymda esa o‘yinimiz chiqmadi. Tanaffusdan keyin o‘yinni kuchaytira oldik. Ammo natijani yaxshilay olmadik. Hali chempionat uzun. O‘ylaymanki, ikkinchi bo‘limdagi o‘yinimizni qolgan bahslarda davom ettiramiz.

Futbolchilarga bugun stadionga ko‘plab muxlislar kelishini ta’kidlab, futboldan rohatlanib o‘ynashni uqtirgandim. Nega birinchi bo‘limda kam o‘rnimdan turdim? Kayfiyatim yo‘q edi? Yo‘q, shunchaki og‘iz ochishni kutib turgandim. Shu boisdan ham o‘yin davomida meni turishga majbur qilmaslikni futbolchilardan so‘ragandim. Ammo baribir keyinchalik o‘rnimdan turishga majbur bo‘ldim. Lekin buni bugungi o‘yinga umuman aloqasi yo‘q. To‘g‘ri, jamoadagi futbolchilar orasida ro‘zadorlar bor. Nafaqat futbolchilar, balki murabbiy va klub xodimlari ham barcha qatori ro‘zador.

Mukofot pullari? Jamoamizda mukofot pullari bekor qilingani haqidagi xabar qayerdan paydo bo‘lganini bilmayman. Ammo futbolchilar hali umuman mukofot pullarini olishgani yo‘q. Mayli, sabr qilamiz. Sabrni tagi rohat.

Anvar G‘ofurov: "Qiyin uchrashuv bo‘ldi. Birinchi bo‘limda ko‘ngildagidek o‘ynolmadik. Ikkinchi taymda esa o‘yinni kuchaytira oldik. Lekin bu kamlik qildi. Uchrashuvdan keyin murabbiylar bilan o‘yinni tahlil qilib chiqamiz".


Manba: championat.asia
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)