
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bugun Kiyevda bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finalida kimga ishqibozlik qilishi haqida fikr bildirdi.
«Mendan kimga - «Real» yoki «Liverpul»ga ishqibozlik qilishim haqida so‘rashganida, shunday deyman - har ikki klubni qo‘llab-quvvatlayman», - deya Poroshenkoning so‘zlarini keltiradi 112.ua.
Uning ta’kidlashicha, o‘g‘li Mixail «Liverpul»ning ashaddiy ishqibozi sanaladi, qizi Yevgeniya esa «Real»ni qo‘llab-quvvatlaydi.
«Ya’ni mening uyim har ikki klubni aniq qo‘llab-quvvatlamoqda», - deya ta’kidlab o‘tdi Poroshenko.
Chempionlar ligasi finali Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar