22:43 / 27.05.2018
3 552

Ronaldu: «Real»da yana bir mavsum o‘ynashimga kafolat bera olmayman

Ronaldu: «Real»da yana bir mavsum o‘ynashimga kafolat bera olmayman
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu YeChL finalida «Liverpul»ga qarshi kechgan va 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvdan keyin aytgan so‘zlariga izoh berdi.

Final hushtagi yangraganidan keyin portugaliyalik futbolchi tez orada Madrid klubini tark etishi mumkinligini aytgandi: «Kelajagim haqida keyinroq ma’lum qilaman. „Real“ uchun o‘ynash yoqimli bo‘ldi, javobimni tez kunlarda aytaman».

«Hozir bu haqda gapirish uchun ideal vaqt emas. Shunday bo‘lsada, men bu haqda gapirib qo‘ydim. Bu to‘g‘ri emasdir, ammo men rostgo‘y bo‘lishga harakat qildim. Hafta davomida qarorimni ma’lum qilmoqchiman, muxlislar hamisha meni qo‘llab-quvvatlashgan. Ular mening qalbimda.

Bu eng yaxshi vaqt emasdi, ammo men o‘zimni shunday tutdim. Men hamisha borini aytaman… Men bu gaplarimdan afsusda emasman.

Gap pulda emas. Men 5 marta Chempionlar ligasida g‘olib bo‘ldim, 5 marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritdim. Men tarixga o‘z nomimni yozib qo‘yganman. Men xafa emasman, chunki bilamanki, klubga ko‘p narsa berdim.

«Real»da yana bir mavsum o‘tkazamanmi? Hech narsaga kafolat bera olmayman. Yashirmayman, yaqin kunlarda hammasini aytaman. Hayot – faqat shon-sharafdan iborat emas», — deya Ronaldudan iqtibos keltirgan Marca.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu: «Real»da yana bir mavsum o‘ynashimga kafolat bera olmayman