UYeFA texnik kuzatuvchilari Yevropa Chempionlar Ligasining 2017/18 yilgi mavsumidagi eng yaxshi 10 ta golni aniqladi. Bu haqda Daryo nashri xabar berdi.
Birinchi o‘ringa «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning musobaqa chorak finalida «Yuventus» darvozasiga urgan goli munosib ko‘rildi. «Qirollik klubi»ning yana bir a’zosi Garet Beyl tomonidan «Liverpul» bilan bo‘lib o‘tgan final o‘yinida akrobatik usulda kiritilgan gol esa ikkinchi o‘rindan joy oldi. 3-o‘rin esa «Real»ning sobiq hujumchisi, hozirda «Yuventus»da to‘p surayotgan Gonsalo Iguainning 1/8 finalning «Tottenhem»ga qarshi o‘tgan 1-o‘yinida urgan goli egalladi.
Top-10:
1. Krishtianu Ronaldu («Yuventus» — «Real» 0:3, 1/4 final birinchi o‘yini)
2. Garet Beyl («Liverpul» — «Real» 1:3, final)
3. Gonsalo Iguain («Yuventus» — «Tottenhem» 2:2, 1/8 final birinchi o‘yini)
4. Antuan Grizmann («Atletiko» — «Roma» 2:0, guruh bosqichi)
5. Edin Jeko («Chelsi» — «Roma» 3:3, guruh bosqichi)
6. Garet Beyl («Borussiya» D – «Real» 1:3, guruh bosqichi)
7. Fred («Shaxtyor» — «Roma» 2:1, 1/8 final birinchi o‘yini)
8. Kevin De Bryuyne («Manchester Siti» — «Shaxtyor» 2:0, guruh bosqichi)
9. Lorenso Insine («Napoli» — «Shaxtyor» 3:0, guruh bosqichi)
10. Krishtianu Ronaldu («Real» — «Borussiya» D 3:2, guruh bosqichi)
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi