4 489
Futbolchilarni vaxshiylarcha kaltaklagan “Iftixor” futbol klubi direktori va murabbiyi butun umrga futboldan chetlatildi
Yoshlar ittifoqi jamoasi “Iftixor” futbol klubi direktori Ahror Ergashev va jamoa katta murabbiyi Nodir Qo‘ziboyev tajovuzkor harakatlari uchun futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyat olib borishdan butun umrga chetlatildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
31 may kuni internet tarmoqlarida “Iftixor” klubi mutasaddilari tomonidan jamoaning ikki himoyachisi Tursunboy Husanov hamda Hasanboy Ergashevlarni ayovsiz kaltaklangani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Qayd etilishicha, bu borada Ahror Ergashev hamda klub katta murabbiyi Nodir Qo‘ziboyevning tajovuzkor xatti-harakatlari asosida surishtiruv ishlari boshlangan hamda ushbu holat yuzasidan ayni damda tekshiruv davom etmoqda.
O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov vaziyatga munosabat bildirib, O‘FA hamda PFL bundan buyon ham o‘z o‘yinchilariga nisbatan bunday behurmatlik qiladigan va ularning huquqlarini poymol etadigan har qanday klub rahbariyati va murabbiylariga nisbatan keskin choralar ko‘rilishini bildirgan.
O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “Iftixor” futbol klubi direktori Ahror Ergashev va klub katta murabbiyi Nodir Qo‘ziboyev har qanday futbol faoliyati olib borishdan butunlay chetlatildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?